|
|
NASR
bo`limi.
|
|
Shashmaqomning
ashula bo`limi sho`’balari ham bastakorlik
san’ati an’analarining mahsuli sifatada
yuzaga kelgan. O`tmish davrlarda yashab ijod etgan
shoir va olimlarning asarlarida bizga uncha tushukarli
bo`lmagan, kuy, qo`hiq va ashulalarning shakli
va yaratilgan uslublariga taalluqli ma’lumotlarga
duch kelinadi.
Bunday
kitoblarni varaqlar ekanmiz, maqomlar va ularning
sho`’balari, nomi, bastakorlarning ismlari,
ularning hayoti va ijodiy faoliyatiga taalluqli
qimmatli satrlarni o`qiymiz. Bunday asarlarda
bastakor maqom yo`llariga yangi kuylar, ashulalar
bog`lagani haqida gapiriladi. Bu kuy shakllari
kor, qavl, amal, peshrav, naqsh, savt va tarona
nomlari bilan mashhur bo`lib, ular Shashmaqom
tarkibida ham uchraydi, binobarin umumiy tarzda
taronalar nomi bilan ataladi. Shunday bo`lsada,
Naqsh, savt, peshrav, amal, tarona shakllarini
nisbatan ajratib olish mumkin.
Masalan:
Peshravni olaylik.
Shashmaqomning
deyarli hamma cholg`u yo`llari peshrav ohanglarida
tuzilgan. Bu fikrni XVI-XVII asrda yaratilgan
musiqa risolalaridagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.
Lekin Shashmaqomdagi |
peshravlar
o`tmishdagiga qaraganda ancha murakkab
va takomillashtirilgan shakldadir. Peshrav yo`llarini
tinglab ko`rilsa, pastga pog`onama – pag`ona
harakat qilayotgan peshrav tuzilmalarining ichida
ohang yuqoriga harakat qilayotgani va kuyni tashkil
etadigan xonalar yuzaga kelayotganini ajratib
olish mumkin.
Endi
naqshga kelsak bu atama bezak ma’nosida
ishlatiladi va shashmaqomning nasr deyilgan sho`’balariga
moslanib bastalanadi. Naqshlar engilroq ashula
yo`llari bo`lib, murakkab va vazminroq ijro etiladigan
nasr sho`’balariga ulanib aytiladi. Naqshlar
taronalardan kuy tuzilishi jixatdan boshqa ashula
yo`llaridan ajralib. turadi. O`tmishda esa, hozirgi
shaklidan kuy unsurlarini muayyan tartibda, ma’lum
qoida asosida tuzilgani bilan farq etgan. Taronai
Bayot ashulasi naqshlarning yaqqol misoli bo`la
oladi.
Endi
taronalar shakliga kelsak, o`tmishda ular to`rtlik,
ya’ni ruboyi she’rlarini va shu she’rlarga
mos kichik shakldagi alulalarni ifodalagan.
Shashmaqomda
taronalar yirik ham kichik shakllarida uchraydi,
hamda Sarahbor, Talqin va Nasr - deyilgan sho`’balardan
keyin ijro etiladi. Bunday taronalar shunchalik
o`zgarib ketganki, ularni Shashmaqom tarkibida
"amal" shaklidami, "naqsh"
shaklidami - buni ajratib olish qiyin. Ularning
shakli juda katta o`zgarishlarga uchradi, ba’zilari
esa bastakorlar tomonidan yiriklashtirildi. Jiddiy
o`zgarishlar bilan bo`lsada o`tmishdagi kuy shakllari
va yaratilish uslublariga xos cholg`u va ashula
yo`llari Shashmaqom tarkibida ham butunlay saqlanib
qoldi. Shu bilan birga so`nggi davrlarda yashagan
bastakorlar ularni takomillashtirdilar, yangi
kuy bo`laklari, qismlari kiritilib, ham shaklan,
ham mazmunan boyitdilar. Shashmaqomning bizgacha
etib kelgan holada naqsh, amal, kor, tarona, qavl
kabi ashula yo`llari umumiy nomlanib, tarona deb
ataladi. So`nggi yillarda ularning shaklan o`zgarib
ketishi hamda tarona deb nomlana boshlagani hozirgi
kunda buashula yo`llarining o`tmishdagi shakllarining
aniq ajratib oliniishni mushkullashtiradi.
Shunday
qilib, Shashmaqon uzoq o`tmishdagi bastakorlik
an’analarining mahsuli sifatida, maqomchilikdagi
ustoz – sozanda va xonandalarning boy tajribasiga
asoslangani holda yuzaga kelgan deyish mumkin.
Xalq
dahosi yaratgan - Shashmaqomning ajoyib durdonalari
musiqa boyligimizni o`rganishda alohida ahamiyatga
ega. Ular yangi musiqa asarlari yaratilishida
bitmas - tuganmas manba sanaladi. Shashmaqom ashula
bo`limlari 200 dan – ortiq turli shakllaridagi
ashulalarni o`z ichiga oladi. Lekik ularning asosida
yaratilgan yuzlab ajoyib kuy va ashula yo`llari
mavjud.
Shashmaqomning
ashula bo`limlari anchagina murakkab shakldagi
sho`’balardan tarkib topgan. Ular maqomlarning
cholg`u bo`limidagi qismlari birin - ketin ijro
etilgandan so`ng turkum tarzida
aytiladi. Ashula bo`limlarida tuzilish jihatidan
bir-biridan ajralib turadigan ikki xil sho`’balar
guruhi mavjud. Bulardan birinchisiga Sarahbor,
Talqin, Nasr kabi sho`’balar va Ufar qismi,
ikkinchisiga esa asosan Savt – Mo`g`ulcha
shaklida tuzilgan sho`’balar kiradi. Olti
maqomdagi turdosh shu’balar kuy ohanglari
jihatidan har-xil bo`lsada, ularning doira usullari
va ashulaga tushirab aytiladigan she’rlarning
vazn o`lchovlari bir xildir.
Maqomlar
ashula bo`limlaridagi murakkab kuy tuzilmalarini
tarkibadagi namudlarni ajratib olmay turib, tushunib
olish qiyin. |
|
|