|  |         Shashmaqom 
                                shakllanishi jarayonining dastlabki davrlarida 
                                birinchi guruhga kirgan "Saraxbor", 
                                "Nasr" deyilgan, sho`’balar va 
                                Ufarlar yaratilgan edi. Keyingi yillarda esa "Shashmaqom" 
                                tobora boyib bordi. Uning tarkibiga bastakor san’atkorlar 
                                tomonidan yangidan yangi sho`’balar kiritildi. 
                                Natijada, Savt va Mo`g`ulchalar tarzida bir qancha 
                                sho`balar yaratildi hamda «Shashmaqom» 
                                ikkinchi guruh sho`’balari jumlasiga kiritildi.Bu 
                                sho`’balar so`ngi davr maxsuloti ekanini 
                                yozma manbalar ham tasdiqlaydi. XIX asrda yozilgan 
                                hamda "Shashmaqom" yo`llariga aytiladigan 
                                she’r matnlari keltirilgan to`plamlarda 
                                "Savt" yoki «Mo`g`ulcha» 
                                - degan nomlar asosan uchramaydi. Bundan bir qo`lyozma 
                                to`plam istisno bo`lib, unda keltirilgan Savtga 
                                aytiladigan she’r matni hozirgi Savtlardagiga 
                                mos kelmaydi. Manbalarda, boshqa nomlar bilan 
                                aytiladigan sho`’balar ham eslatilib o`tilmaydi. 
                                Xorazm maqomlari tarkibiga ular umuman kirmay 
                                qolgan, bu narsa Savt - Mo`g`ulcha turidagi sho`’balar 
                                va ularning shaxobchalari XIX asr oxiri XX asr 
                                boshlarida yuzaga kelganligini ko`rsatadi.
 Bu 
                                o`rinda "Mo`g`ulcha" 
                                iborasi shu nomli doira usulining ifodasi "Savt" 
                                esa - tovush, aks sado ma’nolarida ma’lum 
                                kuy yoka ashulaga taqlid qilib yaratilgan musiqa 
                                asaridir. 
                                Ikkinchi guruh sho`’balari
 
 | 
                           
                            |  
                                 
                                birinchi guruh sho`’balaridan tubdan farq 
                                etadi. Birinchi guruh sho`’balarn «Saraxbor»,"Talqin" 
                                va "Nasr"lar taronalari bilan yaxlit 
                                turkum tarzida ijra etiladi. Ikkinchi guruh sho`’balari 
                                esa, kuy mavzulari nuqtai nazaridai biri-biriga 
                                hech o`xshamaydi, shu sababdan ham ular o`z shaxobchalari 
                                «Talqincha», «Qashqarcha», 
                                "Soqiynoma" va "Ufar" qismlari 
                                bilan alohida turkum tarzida ijro etiladi. 
                                Ikkinchi 
                                guruh sho`’balari Savt va Mo`g`ulchalar 
                                usulida ijro etiladigan ashula yo`llaridir. Faqat 
                                Navo maqomida Mustazodi Navo sho`’basi «talqin» 
                                doira usulida ijro etiladi.
 Ikkinchi 
                                guruh sho`’balari, asosan, besh qismli bo`lib, 
                                asosiy ashula yo`llaridan tashqari shahobchalari 
                                Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar - deb 
                                nomlanadi va shu nomli doira usullari ijro etiladi.
 Savt 
                                va Mo`g`ulchalarning asosiy yo`llari 5/4.
 Talqinchasi 
                                3/4, 3/8.
 Qashqarchasi 
                                4/4.
 Soqiynomalari 
                                4/4
 Ufarlari 
                                6/8 yoki 3/4 takt o`lchovlaridagi doira usullarida 
                                ijro etiladi. Ular Ramal, Komil, Muzore’, 
                                Rajaz, Mutaroqib deyilgan vazndagi she’rlar 
                                bilan o`qiladi. (Qaralsin: «Maqomlar masalasiga 
                                doir» , 227-bet)
 Ikkinchi 
                                guruh sho`’balari orasida Rok, Iroqi Buxoro, 
                                Mustazodi Navo o`z tuzilishi bilan Savt va Mo`g`ulcha 
                                sho`’balaridan farq qiladi va ularning birinchi 
                                (bosh) qismlari Saraxbor va Talqin usullarida 
                                ijro etiladi.
 |