|
|
N
A M U D L A R
|
|
Namud
tojikcha "ko`rinish", "namoyon
bo`lish" ma’nosini bildiradi. Namud
muayyan kuy yoki ashulaning ma’lum parchasi
(qismi)ning turli sho`’balari tarkibida
ko`rinishidir. Ular ko`pincha muaiyan sho`’baning
boshlanish kuy jumlalaridan olinadi. Namudlarning
turli ko`rinishlari sho`’balarning avji
sifatida ishlatiladi. Masalan: Nasri Uzzol sho`’basining
boshlanishidagi 2–4 jumlasi sho`’balarning
xarakteriga, doira usuliga moslashtirib, avj sifatida
foydalaniladi va Uzzol nanudi deb nomlanadi. Asosiy
namudlarning soni
sakkizta, avjlar esa ikkita.
I. Uzzol
namudi - Buzruk maqomining Uzzol
deb nomlangan sho`’balari boshlanish jumlalaridan
olingan bo`lib, Buzruk va Rost maqomlari sho`’balarida
ko`plab uchraydi. Uzzol arabcha pastga tushish,
sakrash demakdir. Bunda kuy boshlanishida kvarta
pastga sakrama harakat qiladi.
2. Muxayyari
Chorgoh namudi - Dugoh maqomida
Muxayyari Chorgoh sho`’basi uchramaydi.
Bu namud Muxayyari Iroqdan olingani shubhasiz
va Buzruk, Rost, Dugoh, va Iroq
|
maqomlarida
keng foydalaniladi.
3.
Navo namudi
– Boshqa namudlardan farqli o`laroq Nasr
sho`'basidan emas, Sarahbori Navodan olingan.
U surnay Navosini eslatadi.
4.
Bayot namudi
(bayot - O`rta Osiyo qadimiy
turkiy qabililaridan birining nomi) – Navoning
Bayot sho`’balarining boshlanish jumlalaridan
olingan bo`lib, Navo maqomining o`zida ishlatiladi.
5.
Ushshoq namudi
(Ushshoq - Oshiqlar) - Rost maqomining
Ushshoq deyilgan sho`’balari boshlanish
kuy jumlalaridan olingan, Buzruk, Rost maqomlarida
uchraydi.
6.
Oraz namudi -
Navo va Dugoh maqomlarining Oraz sho`’balaridan
olinib, Navo va Segoh sho`’balarida foydalanilgan.
7.
Segoh namudi
- Sarahbori Segoh sho`’basi asosida yuzaga
kelgan bo`lib, Segoh va Rost maqomlari sho`’balarida
ishlatiladi.
8.
Nasrulloyi namudi
- Buzrukning Nasrulloyi sho`’basidan olingan
bo`lib, Segoh maqomi Navro`zi Ajam sho`’basida
foydalanilgan.
Bu namudlardan
tashqari Zebo pari avji va Turk avji deyilgan
avjlar ham namudlar vazifasini bajaradi.
9.
Zebo pari avji
- Segohdan boshqa hamma maqomlarda ishlatiladi
va mashhur avjlardan sanaladi.
10.
Turk yoki Turkiy avj
nomi bilan mashhur bo`lgan maqom ashula yo`llaridan
bo`lib, Savti Navoning boshdanish qismini eslatadi.
Turk avji Buzruk, Segoh maqomlari sho`’balirida
foydalanilgan.
Mazkur
namud va avjlar maqom sho`’balarida kuy
tuzilishining qonuniy rivojlanishi, kuyning ruhi,
qiyofasi, lad asosining parda tuzilishi va doira
usulining xususiyatlariga moslab olinadi. Ular
turli usuldagi ashulalarda o`ziga xos bo`lib gavdalanadi.
Namudlar
maqomlarning sho`’balarida yakka–yakka
holda yoki guruh-guruh qilinib ishlatilishi mumkin.
Guruh qilinib ishlatilganda ularning bir-biriga
silliq ulanishi hisobga olinadi. Namudlar quyidagicha
tartibda ulanishi mumkin.
Uzzol
namudi - Muxayyari Chorgoh namudi;
Ushshoq
namudi - Uzzol namudi - Muxayyari Chorgoh namudi;
Ushshoq
namudi - Muxayyari Chorgoh namudi;
Segoh
namudi – Ushshoq namudi - Turk avji;
Segoh
namudi - Turk avji;
Segoh
namudi - Navo namudi - Oraz namudi;
Zebo
pari avji - Muxayyari Chorgoh namudi;
Zebo
pari avji - Navo namudi;
Oraz
namudi - Navo namudi yoki aksincha;
Bayot
namudi - Navo namudi yoki aksincha;
Muxayyari
Chorgoh Namudi - Dugoh namudi;
Bu
tartib barqaror bo`lmay, xonandalar sho`’balar
tarkibidagi ba’zi namudlarni tushirib
qoldirishlari yoki yangi namudlar kiritib ijro
etishlari mumkin. Masalan: Navro`zi Sabo sho`'basiga
odatda Segoh, Navo va Oraz namudlari kiritiladi,
Domla Halim Ibodov esa uni birgina Segoh namudini
kengaytirib ijro etgan. Shunday qilib, namudlar
turlicha shaklda qo`llanila bergan. Ular yirik
shakldagi xalq kuy va ashula yo`llaridan ham
turlicha foydalanidgan. Mashhur xonanda va bastakor
Hoji Abdudaziz Abdurasulov o`zi ijro etgan «Guluzorim»
ashulasi Savti Ushshoq pardalari ohanglaridan
iborat bo`lsada, unga Avji Turk qo`shib aytgan,
Beboqcha ashulasiga esa (asli Rostdagi Savti
Saboga ohangdosh) Zebo pari bilan Navo namudini
kiritgan va hokazo.
Maqomlar
ashula bo`limi sho`’balarining tarkibidagi
kuy tuzilmalari har xil bo`lishi mumkin. Masalan:
ular odatda cholg`u muqaddima bilan boshlanadi.
Keyin Daromad qismi jumlalari
ijro etiladi va Miyonxat (o`rta
pardalardagi ashula jumlalari)ga o`tiladi. O`rniga
qarab, Dunasr (daromadning
yuqori pardalarida takrorlanishi) jumlalari
ijro etiladi. Keyin ma’lum sho`’baga
xos namudlar (bittadan to`rttagacha kelishi
mumkin) aytilib, miyonxat yoki usiz ulanib ketadigan
Furovard (tushirim) qismi bilan
yakunlanadi.
|
|
|