|  | 
                           
                            |         
                               | NASR 
                              bo`limi - birinchi guruh sho`'balar. 
 |   
                            |  |         Shashmaqomning 
                                birinchi guruh sho`’balariga Sarahbor, Talqin, 
                                Nasr, ularning taronalari va Ufar qismlari kiradi. 
                                Har bir maqom turkumi Sarahbor bilan boshlanadi. 
                                Ularning qisqacha tavsifi quyidagichadir:SARAXBOR 
                                - Sar - tojikcha bosh, axbor – arabcha "xabar" 
                                so`zining ko`pligi, ya’ni bu ibora ashula 
                                turkumlari tuzilishidan darak beruvchi bosh ashula 
                                yo`li, ashula bo`limining bosh mavzui ma’nosidadir. 
                                Olti maqomning har birida ular maqomlar nomi bilan 
                                qo`shib, Saraxbori Buzruk, Saraxbori Rost, Saraxbori 
                                Navo, Saraxbori Dugoh, Saraxbori Segoh va Saraxbory 
                                Iroq - deb nomlanadi.
 Ularning 
                                doira usuli:(an’anaviy iboralar bilan: bak 
                                – bum)
 Ular 
                                Muzore’ Mujtass, Mutaqorib, Ramal vaznlaridagi 
                                11-14-15 bo`g`inli she’rlar bilan o`qiladi. 
                                        Saraxborlar 
                                vazmin doira usulida ijro etilsada, turli maqomlarda 
                                o`ziga xos ohang va kuy mavzuiga ega. Ularning 
                                taronalari oltitagacha yetib, 3/4, 4/4 variantlari 
                                bilan, 3/8 3/4 yoki 3/4 3/8, 3/4 4/4, 3/4 takt 
                                o`lchovlaridagi doira usullari jo`rligida ijro 
                                etiladi.
 
 |   
                            |  
                                TALQIN 
                                - nomli sho`’balar Iroqdan tashqari hamma 
                                maqomlarda uchraydi va Talqini Uzzol, Talqini 
                                Ushshoq, Talqini Bayot, Talqini Chorgoh, Talqini 
                                Segoh deb yuritiladi.
 Talqin 
                                so`zi arabchada «tushuntirish», «nasihat 
                                etish» ma’nolarini bildiradi. Bu ibora 
                                doira usulining ham ifodasi: (an’anaviy 
                                iboralar bilan; bum - bak - bum – baka)
 
 Unga 
                                mos she’rlar Ramal bahridan:
 Foilotun-foilotun-foilotun-foilun.
 
 Talqin 
                                yo`llari Uzzol, Ushshoq, Bayot, Chorgoh, Segoh, 
                                Nasr va Ufar yo`llari bilan hamohang va bu sho`’ba 
                                qismlar bir-birining ritmik variantlaridir. Ularning 
                                taronalari esa Saraxborlardagi kabi vazifani bajaradi.
 
 NASR 
                                – (Sochma, ko`mak, zafar 
                                ma’nosida) ular Shashmaqomda o`n to`rttadir:
 Buzrukda 
                                - Nasrulloyi, Nasri Uzzol;
 Rostda 
                                - Nasri Ushshoq, Navro`zi Sabo;
 Navoda 
                                - Nasri Bayot, Orazi Navo, Husayniy Navo;
 Dugohda 
                                - Nasri Chorgoh, Orazi Dugoh, Husayniy Dugoh;
 Segohda 
                                - Nasri Segoh, Navro`zi Xoro, Navro`zi Ajam;
 Iroqda 
                                - Muxayyari Iroq.
 
 Ular 
                                6/4 takt o`lchovidagi doira usulida ijro etiladi;
 (baka 
                                - bum - bak - ist - bum – baka)
 
 Ularga 
                                aytiladigan she’r vazni Hajaz bahridan:
 Mafoiylun 
                                - mafoiylun - mafoiylun – mafoiylun.
 
 Nasrlarda 
                                ham bir nechadan taronalar mavjud (3-4 tadan oshmaydi, 
                                ba’zilarida esa, umuman uchramaydi) masalan: 
                                        Xusayniy 
                                Navo va Dugoh).
 
 U 
                                F A R – maqomlarning yakunlovchi 
                                qisni bo`lib, doira usulida ijro etilada.
 (bum - baka - bum - bak; bum - baka - bak -bum 
                                – bak).
 Ularni 
                                ijrosi uchun turli vazndagi (Ramal, Hazaj, Razaj) 
                                she’rlardan foydalaniladi. Har bir maqomning 
                                sho`’balari va ularning taronalari turkum 
                                tarzida ijro etilib, Ufar bilan tamomlanib, oxirgi 
                                suporish bilan yakunlanadi. Bu suporishlar saraxborlarning 
                                ashula boshidagi jumlalaridir. (Suporish 
                                - topshiruv ma’nosida turkumni 
                                Saraxborga uzatadi va u bilan yalunlanadi.
 |   
                            | 
 |  |