|
|
MUSHKILOT
bo`limi.
|
|
Maqomlarning
cholg`u bo`limlarida bir xil nom bilan ataladigan
cholg`u qismlari bo`lib, ularning ohanglari turlicha
bo`lsada, doira usullari bir xildir. Ular Tasnif,
Tarji, Gardun, Muxammas
va Saqil nomlari bilan mashhurdir. Maqomlarda
nomdosh bo`lmagan cholgu qismlar ham uchraydi.
Masalan: Navo maqomida – Nag`mai Oraz, Dugohda
-Peshravi Dugoh va Samoyi Dugoh, Segoxda - Hafifi
Segoh - va hokazo .
Maqom
cholg`u yo`llarining kuy tuzilishi murakkab bo`lsada,
o`zining rang - barangligi, ohangdorligi bilan
eshituvchini maftun etadi. Ular uchun xos narsa
shuki, har bir cholg`u qism xona va bozgo`ylardan
tarkib topgan.
Xona
- uy, bo`lma, musiqa islohotida kuyning o`zgaruvchan
va faol rivojlanuvchi bo`lagidir. Unda kuy ohanglari
o`zgarib yangicha uslubda avjga tamon harakatlanib
boradi va bosh pardaga qaytib tushadi. Xonalar
tufayli kuy mazmunan boyib boradi.
Bozgo`y
– tojik tilida - qayta aytish, qaytariq
demakdir va bu tuzilma kuyning xonalaridan so`ng
takrorlanadigan, binobarin ularni tugallovchi
vazifasini ham bajaradi. Xonalar bilan kuy |
takomillashadi,
mazmunan chuqurlashadi va boyiydi. Bozgo`ylar
esa, musiqiy fikirni yakunlab, umumlashtirib beradi.
Maqom cholg`u yo`llarida xonalarning takomillashuvida
ko`pincha "Peshrav" deyilgan kuy qismlari
katta ahamiyatga molik. Peshrav
- tojikcha - oldinga yuruvchi, oldinga harakat
etuvchi, degan ma'noni anglatadi. Ular xonalarning
kuy harakatida turli balandliklarda bir necha
bor takrorlanadi va bozgo`yga ulanib ketadi. Peshravlar
kishiga ko`tarinki ruh baxsh etadi.
Maqom
cholg`u qismlarida doira usullarining ham o`rni
kattadir. Masalan: Tasnif va Tarji qismlari bir
xil doira usudila ijro etiladi; ba’zan boshqa
maqomlarda qisqa shaklda ikki - uch taktli yoki
Tarjei Iroqdagi kabi, besh taktli bo`lib ham kelishi
mumkin. Gardun, Muxammas, Saqil, Hafif, Samoyi
kabi iboralar bilan ataluvchi cholg`u qismlari
shu nomli doira usullari ifodasidir. Bu erda bir
narsa muhimki, Muxammas va Saqil qismlarining
doira usullari juda murakkab bo`lib, Muxammaslarda
16 takt, Saqillarda 24 taktni tashkid etadi. Bu
bilan birga ulardagi xona va bozgo`ylar hajmi
bir - biriga teng. |
|
|