kitobiga murojat qilinsin. Kitobning VI jildida
so`ng so`z va namudlar jadvali maqom yo`llarini
va ashula qismlarini ajratib olib tushunishda
yordam beradi.
Buzruk
maqomi ham cholg`u (mushkulot) va ashula (nasr)
bo`limlaridan tashkil topgan. Uning cholg`u bo`limi
Tasnifi Buzruk,
Tarjei Buzruk, Garduni Buzruk, Muxammasi Buzruk,
Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimiy, Saqili Sulton,
- deb nomlangan cholg`u asarlaridan iborat.
Tasnif
va Tarje’ yo`llarida bir xil doira usuli
qo`llaniladi:
Tasnifi
Buzruk ohanglari mazkur maqomning bosh mavzui
sifatida uning boshqa qismlarida ham namoyon bo`lib
turadi va uning ruhiy holati yaqqol sezilib turadi.
Ayniqsa Tasnifi Buzrukdagi unsurlar va bozgo`yga
o`xshash ohanglar boshqa maqomlarning qismlarida
ham uchraydi. Tasnifi Buzrukning hissiy ta’sir
kuchi yuksak bo`lib, kishiga umid, ulug`vorlik
ko`tarinki ruh baxsh etadi, Tarjei Buzruk esa
tantanavor yangraydi.
Tarjei
Buzrukning peshrav elementlari Nasrulloiy, Ajam
taronalari, Cho`li Iroq kabi ko`plab kuy va ashulalarda
ham foydalanilgan.
Buzruk
maqomining Gardun yo`li murakkab 8/4-2/4-3/4-3/4
taktli doira usulida ijro etilib, yuksak professional
musiqa asari sifatida puxta yaratalgan.
Buzruk
maqomining Muxammas va Saqil qismlari uchun
xarakterli narsa shuki, ularda xona va bozgo`ylar
hajmi bir xildir. Muxammaslarning xona va bozgo`ylari
16 taktli, Saqillarniki esa 24 taktli murakkab
doira usuli jo`rligida ijro etiladi. Muxammas
va Saqillarda uchraydigan Nasrulloyi, Islimxon
iboralari bu kuylarni yaratgan bastakorlarning
taxallusidir. Bular orasida Islimxon XVI asrda
yashab ijod etgan shoir va ulkan bastakor bo`lib,
turli maqomlar mavzuida kuy va ashulalar yaratgan
edi.
Buzruk
maqomining hamma cholg`u qismlari kuy tuzilishi
jihatadan mukammad va betakror asarlar bo`lib,
ohangdorligi balan kishini maftun etadi. Buzruk
maqomining cholg`u va ashula yo`llari yuksak badiiy
qiymatga ega.
Buzrukning
cholg`u bo`limidagi kuylar birin-ketin ijro etilgandan
so`ng sho`’balarga o`tiladi.
Buzrukning
ashula bo`limi birinchi guruh sho`’balari
taronalari bilan yaxlit holda, turkum tarzida
ijro etiladi. Bu sho`’balarning asosiy yo`llari
Saraxbori Buzruk,
Talqini Uzzol, Nasrulloyi, Nasri Uzzol
yakunlovchi qismi esa Ufari
Uzzol - deb nomlanadi.
Ular
orasida Nasrulloyi va Nasri Uzzol – Buzrukning
«nasr» deyilgan sho`’balaridir.
Ularning avjlarida asosan, Ushshoq, Uzzol, Muxayyari
Chorgoh namudlari, Nasrulloyida esa Turk - deb
atalgan avjdan foydalanilgan.
Birinchi
guruh sho`’balari turkum Saraxbori Buzrukdan
boshlanadi. U ikki chorak takt o`lchoviga mos
doira usuli bilan ijro etiladi. Saraxbori Buzrukka
aytiladigan she’r «Muzorei axrabi
makfufi mahzuf» - deyilgan vaznda bo`lib,
«Mafoilun-foilotun-mafoilun-foilun»
tarzida talaffuz etiladi.
Saraxbori
Buzruk kuy tuzilishi jihatidan
juda ham murakkab hamda bir necha kuy bo`laklaridan
tarkib topgan. Bu asar cholg`u muqaddimasi bilan
boshlanadi. Keyin bir bayt she’r bilan aytiladigan
birinchi xati-daromad qismi aytiladi. Saraxbori
Buzrukning ikkinchi xati—miyonxat, uchinchi
xati-dunasr, to`rtikchi xati-Uzzol namudi, beshinchi
xati, oltinchi va ettinchi xatlar Muxayyara Chorgoh
namudi va sakkizinchi xat – Furovard qismlaridan
tarkib topgan I-II-III va oxirgi xatlar undov
so`zlar bilan aytilarkan, xang va ohanglar bilan
ijro etiladi. (Saraxbori Buzrukni tahlil etib
eshitib ko`rish tavsiya etiladi.)
Saraxbori
Buzruk kuy harakati jarayonida tertsiya, kvarta,
kvinta, oktava darajasida sakrama harakatlar hamda
turli pardalarga chekinishlar tez-tez sodir bo`lib
turadi. Shu sababli uning lad qiyofasini ajratib
olish qiyinroqdir. Tonallikning o`zgarishi holatlarini
Saraxbori Buzrukdan keyin aytiladigan oltita uning
taronalarida ham kuzatish mumkin. Bu taronalarning
kuy tuzilishi lad qiyofasi, doira usuli, ularga
aytiladigan she’r o`lchovlari bir-biridan
tubdan farq etadi. Bunday hol ashula turkumining
rang-barangligini, jozibadorligini ta’minlaydi.
Binobarin Saraxbordek yirik ashula yo`lini tinglashdagi
jiddiy va og`ir holatni engillashtiradi, hamda
eshituv hissiyotiga dam beradi. Saraxbori Buzruk
taronalari kichik shakldagi engil ashula yo`llaridir
Sarahbori
Buzrukning VI-taronasi keyingi sho`’baga
ulovchi vazifasini bajaradigan – suporish
qismi deb hisoblanadi.
Buzrukning ikkinchi sho`’basi Talqini Uzzoldir.
Bu erda "Talqin" (asl ma’nosi-tushuntirish,
nasihat) iborasi doyra usulining nomi bo`lib,
"Uzzol" esa ma’lum kuy tuzilmasini
ifodalaydi.
"Uzzol"
qadimiy musiqa risrlalarida ko`rsatilishicha o`n
ikki maqomga kirgan ma'lum sho`’baning nomi.
Shashmaqomda esa Buzruk maqomi tarkibiga kiritalgan.
Uzzol iborasi esa X asrdan boshlab ma’lum.
"Uzzol"
arabcha so`z bo`lib, "tushish", "pastga
sakrash" ma’nolarni bildiradi. Bunday
ma’noni «Uzzol» nomli sho`’ba
va uning qismlarining kuy harakatlaridan ham bilib
olsa bo`ladi. Bunday kuy, masalan, "sol"
notasidan boshlansa, kvarta darajasida pastga
ya’ni "re" notasiga to`satdan
sakraydi (fikrimizning dalili uchun, Nasri Uzzolning
boshlanish qismini tinglab ko`rish kifoya).
Shuni
alohida ta’kidlash kerakki, Buzrukdagi "Uzzol"
nomi bilan bog`liq sho`’ba va qismlarda,
ya’ni Talqini Uzzol, Nasri Uzzol va Ufari
Uzzol kuy mavzulari va ohanglari jihatidan deyarli
farq etmaydi. Bular orasadagi asosiy farq - doira
usulining turlicha bo`lishidadir. Uzzol yo`li
turli doira usuliga tushirilganda, ba’zi
o`zgarishlarga uchraydi va bir-birining o`zgacha
nusxasi bo`lib, yangicha tus oladi va yangicha
ta’sir kuchini kasb etadi.
Masalan:
Talqini Uzzol, Nasri Uzzol (nasrlar usulida) boshqacha
tusga kiradi, Ufar usulida esa quvnoq va sho`xchan
ashulaga aylanadi.
Uzzol
sho`’balari va Ufar qismi quyidagi kuy bo`laklaridan
tarkib topgan:
Cholg`
muqaddima, I - xat - daromad; II va III xatlar
- miyonxat; to`rtinchi va beshinchi xatlar –
Ushshoq - namudi; oltinchi xat - Muxayyari Chorgoh
namudi; ettinchi xat - furovard, ya’ni tushurish
qismlaridan iborat. Bu yerda Ushshoq namudi ya’ni
Ushshoqning – Rost maqomining Ushshoq nomli
sho`’balari asosida, Muhayyari Chorgoh namudi
– Iroq maqomlarining shu nomli sho`’basi
asosida yaratilgan.
Uzzol
sho`’balari xalq orasida mashhur ashula
yo`llari bo`lib o`ziga xos ohangdor va jozibalidir.
Ularning mashhurligini shundan ham bilish mumkinki
"Uzzol" ohanglari asosida boshqa ashula
va kuy yo`llari avjida keng foydalaniladigan Uzzol
namudi yuzaga kelgan edi.
Uzzol
namudi Shashmaqomda Buzruk, Rost maqomlari sho`’balari
avjida keng foydalanilgan.
Talqini Uzzolning bittagina taronasi bo`lib, u
ham bo`lsa suporish, ya’ni keyingi sho`’baga
o`tishda ulovchi vazifasini bajaradi.
Buzruk
maqomining Nasr - deyilgan sho`’balaridan
biri Nasrulloyidir. Nasrullo - shu nomli kuy va
ashulani yaratgan bastakorning taxallusidir. Uzoq
o`htmishda bu cholg`u va ashula yo`llari maxsus
maqom hisoblangan, hamda "Rohaviy" nomi
bilan mashhur bo`lgan.
Nasrulloyi
asari Buzrukning boshqa sho`’balaridan tubdan
farq qiladi. Uning tuzilishi ham ancha murakkab
hamda bir necha kuy bo`laklaridan iborat. Bu sho`’ba
ham cholg`u muqaddimasi bilan boshlanadi. Birinchi
va ikkinchi xatlar - daromad; uchinchi va to`rtinchi
xatlar - miyonxat; beshinchi xat - daromadning
yuqori pardalaridagi takrorlanishi, ya’ni
"dunasr"; oltinchi va sakkizinchi xatlar
- Turk avji, to`qqizinchi xat tushurim qismlaridan
tashkil topgan. Nasrulloyining kuy va ashula yo`llari
o`ziga xos orginal va jozibalik bo`lib, tinglovchilarga
ancha yaqindir.
Nasrulloyining
ketidan uning uchta taronasi ijro etiladi. Uning
birinchi taronasi juda murakkab – 13 takt
o`lchovidagi doira usuli bilan ijro etiladi. Ikkinchi
taronasi 3/4 4/4 uchinchi taronasi 3/4 takt o`lchovida
ijro etiladi. Ularning kuy mavzulari juda ham
rang-barang, kishida ajoyib his – tuyg`ular
uyg`otadi. Shuni aytish kerakki, turli sho`’balarning
taronalarida qandaydir umumiylik borligini anglab
olish mumkin, masalan: Saraxbori Buzruk bilan
Nasrulloyining taronalari bir-birining ma’lum
ritmik variantlari sifatida eshitiladi.
Nasrulloyi
xalq musyqa ijodiyotiga kuchli ta’sir ko`riatgan.
Uning asosida turkum tarzida ijro etiladigan "Nasrulloyi"
nomi bilan mashhur bo`lgan besh qismli kuylar,
"Farg`ona Nasrullosi" deyilgan ashula
yo`llari yaratilgan edi.
Shunday
qilib Buzruk maqomining cholg`u yo`llari ijro
etilgandan keyin, turkum Saraxbori Buzrukka ulanib
ketadi. Bu sho`’ba taronalari bilan aytilandan
so`ng suporish vositasi bilan Talqini Uzzol hamda
uning taronasiga o`tiladi. Keyin Nasrulloyi taronalari
bilan ijro etilib, Nasri Uzzol ijro etiladi. Buzruk
maqomining yaxlit turkumi Ufari Uzzol bilan yakunlanadi.
Buzruk
maqomi tarkibida ikkichi guruh sho`’balari
to`rtta bo`lib, "Mo`g`ulchai
Buzruk", «Savti Sarvinoz», "Iroqi
Buxoro" hamda
«Rok» deb nomlanadi.
Ikkinchi
guruh sho`’balaridan biri "Mo`g`ulchai
Buzruk" kuy tuzilishi jihatdan
"Saraxbori Buzruk"ning ma’lum
ritmik va melodik variantidir. Endi uni «Mo`g`ulchai
Buzruk»ning boshlanish jumlalariga taqqoslab
doira usuliga ham e’tibor bering. «Mo`g`ulchai
Buzruk»ning kuy bo`laklari ham Saraxbori
Buzrukdagi kabidir. Shu sho`’balar tarkibida
daromad, o`rta pardalarda aytiladigan Miyonxat,
Uzzol namudi va Muxayyari Chorgoh namudlari, furovard
qismlari mavjud. Mo`g`ulchai Buzrukning asosiy
yo`li besh chorak takt o`lchovida bo`lib, "Ramali
musammani maxzuf", - deyilgan she’r
vaznida ijro etiladi.
Foilotun-foilotun-foilotun-foilun.
Mo`g`ulchai
Buzrukning asosiy yo`li aytilgandan so`ng, uning
shaxobchalari bo`lgan «Talqincha»,
«Qashqarcha», «Soqiynoma»
va «Ufar» ijro etiladi, ular esa mazkur
shaxobchalar nomi bilan bog`liq doira usulidagi
ritmik variantlari sifatada gavdalanadi. Shu sababli
ularning bittasi tahlil etilsa, boshqa shaxobchalarining
ham kuy tuzilishini tasavvur etish mumkin. Lekin
ular turli doira usuli, har xil she’r matnlari
jo`rligida rang-barang tus oladi, boshqacha ruhiy
ta’sir kuchini kasb etadi. Masalan, Mo`g`ulchai
Buzrukning Qashqarchasini olib ko`raylik. Uning
birinchi xati "Daromad", ikkinchi –
uchinchi xatlari "Miyonxat", to`rtinchi
– beshinchi xatlari "Dunasr" -
ya’ni ashula boshlanish jumlalirining yuqori
pardalardagi takrori, oltinchi - ettinchi xatlar
Uzzol namudi, sakkizinchi – to`qchizinchi
xatlar "Muxayyari Chorgoh" namudi va
«Furovard» qismlaridan iborat.
Buzruk
maqomi ikkinchi guruh sho`’balaridan biri
"Savti Sarvinoz"
nomi bilan mashhur. "Sarvinoz", ba’zi
maqomchilarning fikricha, bastakorning taxallusi,
ya’ni savti Sarvinoz – shu san’atkor
bastalagan savt yo`lidir. Savtlarning asosiy yo`li
bir xil, besh chorakli takt o`lchovidagi doira
usuli bilan ijro etilib, Mo`g`ulchalar doira usulidan
farq qilmaydi. Lekin she’r o`lchovi "Hazaji
musammani solim" - deyilgan vaznda. Mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun
- tarzida talaffuz etiladi. Savt yo`llari orasida
Savti Sarvinozning kuy harakati faol bo`lib, murakkab
kuy tuzilishi va noyobligi bilan alohida ajralib
turadi.
Savti
Sarvinoz cholg`u muqaddima bilan boshlanadi. Uning
I-xat "Daromad", II-III xatlar "Miyonxat",
IV-V xatlar Ushshoq namudi bo`lib, Miyonxat VI
xat bilan ashula boshlangan parda - tonikaga qaytib
tushadi. So`ngra ashula yo`li cholg`u naqorat
orqali 7-6 xatlardan iborat Turk avjiga ulanib
ketadi. Turk avji ham Miyonxat jumlalari vositasi
bilan bosh pardaga qaytib tushadi va tushirim
qismi bilan yakunlanadi.
Savti
Sarzinoz tuzilishi murakkab bo`lsada, kuy ohanglariga
boy, ajoyib ashula yo`llaridandir. Bu ashula ohanglari
asosida XIX asrning oxirgi choragida Shahrisabzlik
mashhur bastakor, maqomdon hofiz Abdurahmonbek
uch qismli jozibador ashulalar turkumini yaragtan
edi. Ular «Abdurahmonbegi» nomi bilan
mashhur bo`lib hozirgi kungacha xalqimizning sevimli
ashula yo`llari bo`lib qolmoqda.
«Abdurahmonbegi»
ashulalarini tinglasak ularning kuyi "Savti
Sarvinoz" kuyi ekani yaqqol sezilib turadi.
Lekin bastakor Savti Sarvinozdan foydalanib, puxta
va jozibali ashulalar yaratgan edi. Bu ashula
"Saraxbor" usulining tezlashtirilgan
turidir.
"Abdurahmonbegi"
ashula yo`llari sermazmun, tinglovchilarga oson
etib boradigan orombaxsh asarlar darajasida ishlangan.
Bastakorning mahorati shundaki, «Abdurahmonbegi-1»
ashulasiga Navo namudidan ustalik bilan foydalangan
bo`lib, bunday hol maqomchilikda ham uchraydi.
Chunki, Buzrukda Navo namudi hech qachon foydalanilmagan
edi.
Savti
Sarvinozning asosiy yo`li ijro etilgandan keyin
uning Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar
shoxobchalari birin-ketin o`qiladi.
Bu
ashula yo`llari ham Mo`g`ulchalardagi kabi, turli
doira usullarida yangicha sayqal topadi. Ulardagi
kuy qiyofasi, tarkibiy qismlari Savti Sarvinozning
bosh yo`lidagi kuy matnlarining xuddi o`zidir.
«Buzruk»
maqomining II guruhdagi sho`’balaridan yana
biri shinavandalarga ma’lum bo`lgan Iroqi
Buxorodir.
Iroqi
Buxoro Shashmaqomga kiradigan
VI maqom bo`lmish Iroqning Saraxboriga ohangdosh.
Bunda Saraxbori Iroq butunicha olinib, Buzruk
maqomi ladiga moslangan. Ashula boshlanadigan
parda Saraxbori Iroqdagiga ko`ra to`rt pag`onaga
baland ko`tarilgan hamda avjidagi ba’zi
qaytariq jumlalar qisqartirilgan yoki ba’zi
o`zgarishlar bilan olingan.
Iroqi
Buxoro tarkibida Talqincha, Chapandoz, Soqiynoma
va Ufar qismlari bo`lib, ularda tonallik o`zgarib
turadi, kuy buo`laklari ham ba’zan bir-biri
bilan mos kelmaydi. Masalan, Iroqning asosiy yo`lida
Zebo pari avji bilan Muxayyari Chorgoh namudi
foydalanilgan bo`lsa, uning Talqinchasa va Chapandozida
Muxayyari Chorgoh o`rniga Turk avji keladi. Soqiynoma
va Ufar qismlarida esa Zebo pari avjining yolg`iz
o`zi foydalanilgan. Bu ashula yo`llarida boshqa
pardalarga o`tish kabi kuy harakatlari ko`plab
sodir bo`ladi.
Iroqi
Bo`xoroning shahobchalaridan umumiy tushuncha
olish uchun uning yengilroq yo`llaridan Soqiynomai
Iroqni olib ko`raylik.
Bu
ashula yo`lining I-xati «Daromad»,
II-III xatlari O`rta parda jumlalari - Miyonxat,
IV-V xat Zebo pari avji, oxirgi VI-xat tushirim
qismlaridan iborat.
Bu
jozibali ashula yo`li kishida nozik lirik kayfiyatlar
qo`zg`aydi, ezgu hayollarga cho`mdiradi. O`zining
kuy tuzilishi bilan bosh ashula yo`lidan anchagina
farq etadi. Zebo pari avjida esa Iroq bilan hamohang
bo`lib qoladi. Furovard qismida yana o`zgacha
shakl oladi.
Iroq
yo`llari asosida ko`pgina xalq ashulalari, cholg`u
va surnay yo`llari yaratilgan bo`lib, bu narsa
Iroqning musiqa san’atimizda naqadar keng
o`rin tutgani va mashhur bo`lib ketganidan dalolat
beradi. Iroq yo`llari asosida "Cho`li Iroq",
«Suvoriy» kabi mashhur cholg`u asarlari,
"Toshkent Iroqi" kabi ashulalar yuzaga
kolgan edi. Cho`li Iroq kuyida hatto Muxayyari
Chorgoh namudi butunicha saqlangan. Toshkent iroqi
esa Iroqi Buxorodagi "Daromad" bilan
boshlanib, avj qismi esa Muxayyari Chorgohning
ma’lum variantlarining takroridir.
"Soqiynomai
Iroq" asosida "Suvora" ashulasi
va shu nomli ikki qismdan iborat kuylar yuzaga
kelgan. Suvora kuylari Soqiynoma va Ufar usullarida
chalinib avjidagi Zebo pari qismi tushirib qoldirilgan.
Suvora
so`zi - chavandoz, otliq ma’nolarida bo`lib,
chavandozning ot ustidagi harakati va atrofdagi
go`zal manzaralarni musiqiy vositalar orqali tasvirlaydi
va kishini chuqur hayolga cho`mdiradi.
Endi
Ufari Iroqqa kelsak, u Iroq shaxobchalarining
Ufar doira usulidagi variantidir. Ufari Iroq Farg`onada
xotin-qizlar tamonidan juda ko`p aytiladigan «Farg`onacha»
ashula yo`lini eslatadi.
Bu
jozibali, rohatbaxsh ashula yo`lida aynan bir
vaqtda xotin-qizlarning ichki his-tuyg`ulari,
orzu-umidlari va istaklari, intilishlari ham o`z
ifodasini topgan.
Buzruk
maqomining sho`’balaridan yana biri "Rok"
nomi bilan mashhur. Rok iborasi hindcha "Rag",
«Raga» so`zidan olingan bo`lib, O`rta
Osiyo xalqlarining Hind xalqlari o`rtasidagi qadimdan
mavjud bo`lgan musiqiy aloqalarining ifodasi bo`lsa
kerak. Bunda Rokning kuy tuzilishi hind musiqasiga
aloqasi bor deb o`ylash xatodir. Nazarimizda bu
yerda nomigagina hindchadir. Shuni ham aytish
kerakki, uyg`ur xaqida ham "Shashmaqom"dagi
kabi Rok cholg`u va ashula yo`llari bo`lib, bizdagi
Rok sho`’basiga o`xshaydi. Bular o`rtasidagi
farq ijro uslubining turli ekanligidir.
Buzrukdagi
Rok sho`’basi uchun xos narsa shuki, uning
asosiy yo`li Savt–Mo`g`ulchalariga o`xshamaydi,
balki Talqin doira usulida ijro etiladi. Bianobarin,
kuy tuzilishi ham ancha ixcham. Uning asosiy yo`li,
talqinchasi, qashqarchasi va soqiynomasi hamda
ufari, daromad, miyonxat, namudi uzzol va furovard
qismlaridan iborat bo`lib, hamma shoxobchalarda
avjlar qisqartirib olingan. Lekin bu qismlardagi
kuy ohanglari bir-biridan ancha farq qiladi. Rok
sho`’basining qismlari xalq orasida juda
ham mashhur bo`lib, raqsbob ashula yo`llaridandir.
Bu ashula yo`llari xalq yig`inlarida, to`y va
bazmlarda ko`pchilik tamonidan raqs jo`rligida
aytilib kelingan.
Shuni
ham alohida aytish kerakki, Rok qismlari surnay
yo`llari sifatida ham mashhur. Ba’zan shodu-xurramlik
kayfiyatini ifodalagani uchun surnay, nog`ora
va karnay ansambllarida ijro etilib, "Shodiyona"
kuylari deb ataganlar. Lekin "Shodiyona"
nog`ora usullari va ularga chalinadigan kuylar
o`ndan ortiq sanaladi va orasida Rok qismlari
ham ijro etilaveradi. |