|
Mayxonada kim maydin ibo qilg`ay,
Nay bir dilkash navo bila ani rasvo qilg`ay.
Agar kishi may havosin boshdin chiqarur,
G`ijjak nolasi bila anga yolvorur.
Va Tanbur pardadagi fitnadin halok etar,
Va ofiyat pardasini chok etar.
Va Chang zorlig` bila bo`g`izin tortar,
Va Ud lissoni nag`masi targ`ibi Changdin ham ortar.
Andakim Rubob boshin yerga qo`yub niyoz ko`rguzgay,
Va Q`o`buz quloq tutib oyga targ`ib ohangin tuzg`ay.
Chun Qonun va Chag`ona nolasi quloqg`a tushg`ay,
Va mahvashi soqiy yukuni may oyoqqa tushg`ay.
|