|
Doira (childirma, chirmanda) o`zbek, tojik va uyg`ur xalqlari orasida keng tarqalgan. Doira ansambl va yakka holda ham ijro etiladi. Doira jo`rligidagi raqslar o`zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan. Shashmaqom doira usulisiz ijro qilinmaydi. Buxoroda har bir maqom aytuvchi hofiz, maqom usullarini doirada ustalik bilan o`zlashtirganlar va o`z ashulalariga jo`r bo`lganlar. Shashmaqomdagi har bir kuyning o`ziga xos usuli bor. Shunga ko`ra, usullar shu kuy nomi bilan yuritiladi. Masalan: Usuli Muhammas (Muhammas usuli), Usuli Talqin, Usuli Tasnif va boshqalar. |
|