|
Yozma
manbaalarga ko`ra XV, XVII asrlardan boshlab "chang"
sozi musiqa hayotimizda ma'lum o`rin egallay boshlagan.
Ungacha esa "chang" iborasi o`zbek hamda
tojik musiqa madaniyatida butunlay o`zga soz,
tirnab chalinadigan zamonaviy yevropacha arfaning
bizda keng ishlatilgan qadimiy kichik hajmdagi
namunasini anglatadi. Jumladan Alisher Navoiyning
buyuk asari "Xamsa"ning "Sabbai
sayyo`r" dostonidagi "chang" iborasi
ham arfa tusidagi cholg`u sozini aniqrog`i qo`l
arfasini anglatgan bo`lib, uning mohir ijrochilari
sifatida Dilorom kabi ayol obrazlari tasvirlangani
ham bejiz bo`lmagan. O`sha davrlarga xos arfasimon
chang deyarli xotin-qizlarga mansub cholg`ulardan
biri sifatida hatto, eramizdan oldingi asrlardayoq
ishlatilgan. Ammo XVII asrlardan keyin bu qo`l
arfasi ijrochilikdan chiqa boshlagan va o`rnini
o`zga soz - mazsus tayoqchalar bilan urib chalinadigan
trapetciya shaklida chang cholg`u asbobi egalladi.
XVII
asrda yashab ijod qilgan Darvish Ali Changiyning
risolasida musiqa nazariyasi haqidagina to`xtalib
o`tmasdan, turli davr ijrochilari va saroy qoshida
keng tarqalgan musiqa sozlaridan bo`lgan tanbur,
chang, nay va qonun haqida ham to`xtalib o`tadi.
U
sozlarni bir-biriga taqqoslab changni "sozlarning
kelinchagi" deb ataydi.
Darvish Ali - ibn Mirzo Ali-ibn Xo`ja Mahmud -
Marvarid shu sozning mohir ijrochisi edi. U yoshligidan
changga mehr qo`ydi va keyinchalik shuhrat qozondi.
Shu davrning yana bir mohir changchisi - Mavlono
Zaynuliddin Rumiy edi.
Darvish
Alining ta'kidlashicha, u juda ko`p peshrav va
kuylar ijod qilgan. Ulardan eng ko`zga ko`rinarlisi
3 ta peshrav edi:
Birinchisi:
Ehson. Husayniy maqomining pardalarini o`z ichiga
oladi.
Ikkinchisi:
Soqil. Iroq maqomi pardalari asosida ijod qilingan.
Uchunchisi:
Peshravi-ufor. Husayniy maqomining xonalaridan
tarkib topgan.
Yana
Darvish Ali Changiy qadimda (changni) kelib chiqishi
haqida shunday yozadi: chang qadimiy soz bo`lib,
Mesopotamiyadan tortib, to Xitoygacha bo`lgan
juda katta hududda ishlatilgan. Buxoroda (XVI
asr) Shayboniylardan bo`lgan Abdullaxonning zamondoshi
Xo`jai Kalon (Buyuk Xo`ja, Shayx Xo`ja Sa'd) og`ir
dardga giriftor bo`ladi. Tabib Sulton Muhammad
uni davolab, kasalni yengishda chang mashqlarini
eshitishni tavsiya etadi. Xo`ja Sa'd Darvish Alini
huzuriga chorlaydi. Darvish Ali uch oy davomida
Sa'd qoshida chang chaladi. Xo`ja butunlay tuzalib
ketadi.
Qadimda
buyuk Nushiravon zamonida (531-579) mashhur changchi
Piri Changchi yashagan. Eron arablar qo`liga o`tadi,
undan keyin xalifa Umar Eron musiqasini ta'qib
ostiga oladi. Piri Changchi o`zini hech kimga
keragi yo`qligidan xafa bo`lib, Madinaga Yasrab
qabrini ziyorat qilgani boradi. U o`z yoniga changni
qo`yib, nola qila boshlaydi: "Men doimo sen
uchun chaldim, endi meni ta'qib ostiga olishgani
uchun seni oldingga oxirgi marta chalish uchun
keldim. Bir narsani sendan so`rayman, ipak torlarimgagina
haq berishsa", yig`lab va qattiq oh urib
o`zini oxirgi mashqini ijro etadi. Changni boshiga
qo`yib uxlab qoladi. Shu vaqt halifa Umarga g`oyibdan
ovoz keladi: "Bizning bir do`stimiz bor,
u Yasrabning qabri (ustida) yonida. Ul kimsaga
xazinadan 700 dinor olib borib ber. Yana zoriqsa
yana tashrif buyursin". Umar 700 dinorni
olib yasrab qabriga boradi. U yerda Piri Changiydan
boshqa kimsa yo`q edi. U hayron bo`lib tursa,
Changiy uyg`onib qoladi. Umar unga 700 dinorni
beradi va aytadi: "Alloh seni o`ziga do`st
deb bilibdi, men ham sening do`stingman. Boshingga
mushkil ish tushsa qoshimga kelgin. "Sening
soz chertishing Egamni o`ziga rom etdi" -
deydi. Bu voqea to`g`risida taniqli fors shoiri
Jaloliddin Rumiy (1273 yil) ham she'rlar yozgan. |
|